07:05 Benzema: Varan Neymarni ham to'xtata oladi, xuddi Messini to'xtatgandek. | |
![]() Benzema: Varan Neymarni ham to'xtata oladi, xuddi Messini to'xtatgandek. Karim Benzema yangi formalarni tanishtirish marosimidan so'ng jurnalistlarga intervyu berib o'tdi. Yangi forma haqida: "Juda chiroyli. Yangicha uslub va men ochiqchasiga aytaman, bu futbolkalarda men juda chiroyli ko'rinyapman." Varan haqida: "Rafael - aqlbovar qilmas futbolchi! Men uni qattiq xurmat qilaman va biz juda yaqin do'stmiz. U 19 yosh, lekin u "Madrid"dagi o'zining imkoniyatini oshirib yuybordi va u muammosiz asosiy tarkib futbolchisiga aylana oladi. Yosh bo'lishiga qaramay, u juda toza o'ynaydi. Kelajakda u Fransiya terma jamoasining ham lideri bo'la oladi. Messi bilan o'yinda Varan, oddiygina Messiga o'yin bermadi. Shuningdek, boshqa klub hujumchilariga ham. Neymar ham yosh va kelajakda buyuk futbolchiga aylanishini mumkin. Lekin Rafa yakka kurashlarda Neymarni ham Messini to'xtatgandek to'xtata oladi." - deydi Benzema | |
|
Всего комментариев: 0 | |