Madridning "Real" klubi "Malaga"ni 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va Ispaniya chempionatida o'z maydonida 1000-g'alabasini qo'lga kiritdi. "Qirollik klubi" bu natijaga birinchi bo'lib erishdi. Klub 82 yildan buyon primeroda ishtirok etib keladi va o'z uyida 1000 bora g'alaba qozongan, 188 marta durang o'ynagan va 116 o'yinda mag'lubiyatga uchragan. Bu borada "Barselona" klubi 984 ta g'alaba qayd etgan. "Atletik"da 823 ta, "Valensiya"da 807 ta va "Atletiko"da 789 ta g'alaba bor.
"Espanyol"ga qarshi o'yin "SPORT"da Ertangi "Malaga"ga qarshi uchrashuv "SPORT" telekanalidan olib ko'rsatilmaydi. Keyingi 36- turdan o'rin olgan "Real Madrid" va "Espanyol Barselona" o'yini esa 12-dan 13-mayga o'tar kechasi soat 01:40 dan boshlab jonli tarda transliyatsiya qilinadi.