19:42 FRANK RIBERY: "FRANSIYADA HAMMAGA FAQAT RONALDO VA MESSI QIZIQ" | |
![]() FRANK RIBERY: "FRANSIYADA HAMMAGA FAQAT RONALDO VA MESSI QIZIQ" "Oltin to‘p"ga da’vogarlar orasida favoritlardan biri hisoblangan "Bayern" yarim himoyachisi Frank Ribery, jamoatchilik tomonidan unga qo‘llab-quvvatlash yetishmayotganidan nolidi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiyada ham ko‘proq Ronaldo va Messi uchun qayg‘urishadi: - "Oltin to‘p" uchun bahsda autsayder bo‘lamanmi? Bir nima deyish qiyin. Lekin, ochig‘ini tan olganda, hozirgidan ko‘ra yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lishim ham mumkin edi deb o‘ylagandim. Ba’zan shunday tuyuladiki, go‘yo fransiyaliklarga ham Messi va Ronaldo ancha qiziqroqdek. 2013-yil men uchun juda omadli keldi. Yil davomida yaxshi o‘yin ko‘rsatdim va "Bayern" bilan ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdim. "Oltin to‘p" nafaqat men uchun, balki oilam uchun ham faxr va sharaf bo‘lardi", dedi Ribery. | |
|
Всего комментариев: 0 | |