Воскресенье, 29.06.2025, 21:05
Приветствую Вас, Гость | RSS
Категории раздела
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Форма входа
Главная » 2013 » Август » 4 » Marselo: "Men Barsa" haqida nimaga o'ylashim kerak
05:49
Marselo: "Men Barsa" haqida nimaga o'ylashim kerak


"Real Madrid" chap qanot himoyachisi Marselo mashg'ulotlardan so'ng press-konferensiyalar zalida OAV intervyu berib o'tdi.

Agarda Koentrau jamoani tark etsa siz chap qanotda "qirol"ga aylanadi. Siz bunga tayyormisiz?

"Men hozirda Fabio Koentrauni jamoada qolishini afzal ko'raman va men uni jamoada qolishi yoki ketishi haqida hech nimani bilmayman. Men oddiygina yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ryapman. Chunki kelayotgan mavsumda raqobat jiddiy bo'ladi."

Anchelotti bilan munosabatingiz qanday?

"Biz hozircha yangi murabbiy haqida kam narsa bilamiz, lekin u hozircha bizda yaxshi tasurot qoldirdi. U tug'ma g'olib, unda ulkan tajriba bor. Uning yordamida biz katta g'alabalarga erishishimiz mumkin."

Gonzalo Iguainni sog'inasizmi?

"Biz buyuk klubmiz, ana o'sha buyuk klubdan bir parcha ketdi. Men Twitterda usiz zerikishimni, sog'inishimni yozdim."

Garet Beyl haqida nima bilasiz?

"U ajoyib futbolchi, men unga qarshi o'ynaganman. Lekin men u bilan yaxshi tanish emasman. Hozir u haqida biron nima deya olmayman, agarda u bizning jamoaga o'tsa biz unga iltifot ko'rsatamiz."

Kakachi?

"Kakani juda yaxshi bilaman, u bilan yaqin do'stmiz."

Yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?

"Men har mavsum boshlanishidan oldin bir narsa kutaman: "Real Madrid" bilan sovrinlarni yutish."

Zidan sizga qanday mashqlarni beryapdi. Umuman Zidan haqida nima deya olasiz?

"Biz undan bebaxo tajriba qabul qilib olyapmiz. U haqiqiy g'olib va yaxshi inson. U bizga qo'lidan kelgan barcha ishlarni beryapdi."

Kiyinish xonasidagi holat qanday?

"Albatta atmosfera o'zgardi chunki bizda yangi futbolchilar. Lekin eng asosiysi biz barchamiz bir joyga birlashdik."

"Barselona"da murabbiylar almashinuvi haqida nima deb o'ylaysiz?

"Men umuman ular haqida o'ylamayapman. Men tushunyapman nimaga ular haqida gapirishim kerak."
Категория: Intervyu | Просмотров: 394 | Добавил: Ozil_10 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Поиск
Календарь
«  Август 2013  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031