15:33 MUHLIS SH'ERI...! | |
![]() Men sevaman "Real"imni, Barchangizdan qolishtirmay. "Real"imni Qirolimni, O'zgasiga solishtirmay. Men sevaman oq libosin, Orzularim kabi oppoq. Yashil maydon uzra qarang, Bormi undan beg'uborroq. Men sevaman borolmasdan, Bir bor "Bernabeo" tomon. Borligimdan, shodligimdan, Lol qolardi stadion. Men sevaman mag'lublikdan, Boshin egib qolganda ham. Kuboklarin ko'z-ko'z qilib, "Barsa" g'olib bo'lganda ham. Fahrim jo'shar "Camp Nou"da, Ronaldujon gol urganida. "Tinchlaning men shu yerdaman" - Deya xitob qilganida. Mana o'tdi "Klassiko", Ba'zilarga kulgim kelar, "Yordamchining yordamchisi Senga nima?"-degim kelar. Doim bizga mana shunday, G'alabalar yor bo'lsin. Duoga qo'l oching do'stlar, ALLOH MADADKOR BO'LSIN. | |
|
Всего комментариев: 0 | |