Воскресенье, 29.06.2025, 16:36
Приветствую Вас, Гость | RSS
Категории раздела
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Статистика

Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0
Форма входа
Главная » 2013 » Декабрь » 7 » VANIHOYAT JCH-2014,GA KURRA TASHLANDI VA NATIJASI.
06:42
VANIHOYAT JCH-2014,GA KURRA TASHLANDI VA NATIJASI.

VANIHOYAT JCh-2014,GA KURRA TASHLANDI VA NATIJASI.
Nihoyat Kosta-du-Sauipe shahrida navbatdagi
jahon chempionati uchun o'tkazilgan qur'a
tashlash marosimi yakuniga yetdi. Uch soat
davomida butun futbol olamini hayajonda
ushlab turgan qur'a tashlash marosimi yakunlari
ana o'sha hayajonga juda ham mos tarzda
bo'ldi.
Dastlab qur'a to'rtinchi savatchadagi
sharchalardan birini ikkinchi savatchaga
o'tkazishdan boshlandi. Tabiiyki, bu sharcha
ichidagi qog'ozchada qaysi terma jamoa nomi
yozilgani hech kimga ma'lum emas edi.
Shundan so'ng navbat qur'aning asosiy shartiga
keldi. Terma jamoalar guruhlarga bo'lina
boshladilar.
Qur'a natijalari qanday bo'lganiga to'liq to'xtalib
o'tirmaymiz. Quyida o'zingiz ko'rib olishingiz
mumkin. Bizni e'tiborimizni tortgani
qit'adoshlarimizning holati bo'ldi. Ispaniya,
Gollandiya va Chili bilan bir guruhga tushgan
Avstraliya bunday qur'adan so'ng nima qilarini
bilmay qolgan bo'lsa ham ne ajab. Eron ham
shunga yaqinroq holatda. Argentina va Nigeriya
bor joyda, Eron nima qilarkin, hayronmiz. "D"
guruhi alohida mavzu. Haqiqiy "o'lim" guruhi.
Aksincha, Yaponiya va Janubiy Koreyaning
holati ancha umidbaxsh ko'rinmoqda. Har holda
ularning guruhidagi Kot-D'Ivuar, Kolumbiya,
Gretsiya, Belgiya, Jazoir va Rossiya kabi
jamoalar bilan o'ynasa bo'ladi. Ammo bunisini
endi, nasib qilsa, yozda, Braziliya maydonlarida
ko'ramiz...
Guruhlar taqsimoti:
"A" guruhi:
Braziliya,
Xorvatiya,
Meksika,
Kamerun.
"B" guruhi:
Ispaniya,
Gollandiya,
Chili,
Avstraliya.
"C" guruhi:
Kolumbiya,
Gresiya,
Kot-d'Ivuar,
Yaponiya.
"D" guruhi:
Urugvay,
Kosta Rika,
Angliya,
Italiya.
"E" guruhi:
Shveysariya,
Ekvador,
Fransiya,
Gonduras.
"F" guruhi:
Argentina,
Bosniya va Gersegovina,
Eron,
Nigeriya.
"G" guruhi:
Germaniya,
Portugaliya,
Gana,
AQSh.
"H" guruhi:
Belgiya,
Jazoir,
Rossiya,
Janubiy
Koreya.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Kun mavzusi | Просмотров: 1763 | Добавил: Ozil_10 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Поиск
Календарь
«  Декабрь 2013  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031